SSDdagi bir kun

Dasturchilarning ish boshlashi o’ziga xos, ajoyib. Ular, ish vaqti 10:00 da boshlanadigan ofisga 11 laga yaqin ko’z ishqalab birin-ketin sudralib kirib kelishadi va kecha kechqurun (va tunda) bo’lib o’tgan voqealarni muhokama qilishga vaqt qizg’anib darrov kompyuter va noutbuklarini yoqqan holda ishga kirishib ketishadi.