Karyerada full time işdan frilansga ötiş

Agar siz frilansning oylik maoşli işdan ustunliklari va kamçiliklari bilan tanişib çiqib, frilansga ötiş haqida qaror qilgan bölsangiz, keyingi qadamlarni birgalikda körib çiqamiz.
Frilansga ötiş yoki umuman karyerani özgartirişda odatiy qoida bor: karyerani qançalik keskin özgartirsangiz, iqtisodiy risk ham kattalaşadi. Şuning uçun oylik maoşli işdan (full-time) frilansga ötayotganda iloji boriça keskin qarorlardan qoçiş kerak böladi.
Sizda bu borada birneça variantlar bor.
Hozirgi iş joyingizda işni davom ettirib, frilans bilan keçqurun va dam oliş kunlari şuğullaniş. Bu eng xavfsiz tanlov, ammo uning tölovi - uzoq iş vaqtlari va dam oliş kunlarisiz işlaş. Yoş va energiyaga töla paytda hamda böydoqlik vaqtlarida foydalanib körsa böladi. Yana bir kamçiligi - uzoq vaqt işlaş iş unumdorligining pasayişiga sabab böladi.
Işni yarim stavkaga özgartirib, qolgan vaqtda frilans bilan şuğullaniş. Yaxşi tarafi frilans uçun ham vaqt böladi, iş-hayot balansida ham özgariş bölmaydi. Minuslari - yarim stavkada oylik kamayadi va dasturçilar uçun yarim stavkalik işlar juda kam (agar davlat işxonasida işlamayotgan bölsangiz). Hozirgi joyingizda iş hajmi kam bölsa, yarim stavkaga işlaşni iş beruvçi bilan gaplaşib körgan ma'qul.
Frilansni boşlab oliş uçun bir neça haftaga tölanadigan (yoki tölanmaydigan) dam oliş kunlari oliş. Bu imkoniyat sizga frilansga töliq yondaşişingizga yordam beradi. Frilans öxşamagan taqdirda hozirgi iş joyingizga heç narsa bölmagandek qaytişingiz mumkin.
Işdan böşab, frilansni boşlaş. Riskli variant, faqatgina jamğarmasi yetarli bölganlar uçun mos bölişi mumkin. Bunda oila a'zolarining ham qöllab quvvatlaşi muhim ahamiyat kasb etadi.
Şaxsiy tajriba
2013-yilda öşa vaqtdagi iş joyimda proyektlar töxtab qolgan, oyliklar 2-3 oyga keçikayotgan edi. Şuning uçun ofisdagi vazifalardan böş vaqtda frilansni boşlaşimga qarşilik qilişmagan. Dastlabki ikki oyda Upwork'da mayda proyektlardan umumiy $600 daromad asosiy işimdagi krizis paytini yengillaştirgan.
Ofisda iş hajmi köpaygaç, uydan va şanba-yakşanba kunlari frilansda işlaşga ötganman.
Yarim yildan söng, frilansga töliq ötib ketiş uçun ofisdan 3 oylik pul tölanmaydigan ta'til olganman. Sababi, frilansda allaqaçon doimiy mijozlar bor edi va frilansdagi iş hajmi ikki frontda işlaşga jismonan yöl qöymasdi. Keyin işga qaytib, bir oydan keyin işdan böşadim va töliq frilansga e'tibor qaratdim.
Mening holatimda karyerani özgartiriş keskinliksiz, kiçik-kiçik qadamlar orqali amalga oşgan. Albatta, hammaning holati, şaroiti har xil. Şuning uçun yuqorida yozilganlarni frilansga ötiş instruksiyasi emas, maslahat deb qabul qilişingiz mumkin.