Ish jarayonida vaqtdan unumli foydalanish

Vaqtni hisoblash

Ko’pgina dasturchilar ertalab ofisga kelgach birinchi navbatda bugungi qilinishi kerak bo’lgan vazifalar ro’yhatini ochmasdan, internetda Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarga kirib 1 soatga yaqin vaqtni isrof qilishadi. Vaholanki, aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt 10:00-12:00 oralig’i hisoblanadi. Tartibsizlik kun bo’yi davom etadi. 13:00dan keyin tushlik, tushlikdan so’ng esa yana ijtimoiy tarmoq uchun yarim soatcha vaqt, kod yozish jarayonida turli xil chatlardan keladigan xabarlar bilan chalg’ish… xullas kun ohiriga kelib 9 soatlik ish kunidan foydali ish vaqti 4-5 soatga yetar-yetmas bo’ladi. Yoki noto’g’rimi? πŸ˜‰

Dasturchilarning kundalik ish vaqtidan tashqari samarador ish vaqti degan tushuncha ham borki, ko’pgina o’zini hurmat qilgan va ko’p ishchilarga ega kompaniyalar samarador ish vaqtini oshirish uchun ijtimoiy tarmoqlarga dostupni o’chirib qo’yishadi. Ushbu usul qisman foyda beradi. Lekin DASTURLASH β€” ijodiy soha, ijod qilish uchun esa erkinlik (!) va yaxshi sharoit kerak, turli xil ta’qiqlar ish unumini oshirish o’rniga hodimlarda kompaniya boshqaruvi (ayniqsa administrator) haqida salbiy fikrlar paydo bo’lishiga olib keladi.

Xo’sh, qanday qilib ish vaqti unumdorligini oshirish mumkin?
Birinchi navbatda o’z-o’zini boshqarish. Yaqinda mijozlardan biri ish jarayonida haqiqatdan ham uning loyihasida ishlavotganimni bilib turishi uchun taym-treking dasturdan foydalanishim kerakligini aytdi. Dastlab yoqmadi albatta, lekin 1-2 kundan keyin ish unumdorligi oshgani darrov bilindi. 3 kunga mo’ljallangan ishni taym-trekerni ishlatib 2 kunda tugatib berdim. Mijoz tomonidan taklif qilingan dastur har 10-15 minutda ekrandan screenshot olib buyurtmachiga yuboradi va o’sha vaqt oralig’ida sichqoncha va klaviaturadan bosilgan click’lar soni ham hisoblab boradi. Dasturning kamchilik tomoni esa β€” ma’lum bir vaqt oralig’ida screenshot olgani uchun uni ishlatib turib ham boshqa saytlarga birrovga kirish mumkin.

Internetda taym-treker dasturlar ko’plab topiladi. Ulardan Yaware dasturini ishlatib ko’rdim va dasturning ishlash prinsipi bilan tanishtirib o’taman:
β€” aktiv oyna ochilgan holatda ketqizilgan vaqtni hisoblash. Masalan Netbeans dasturida ishlavotgan bo’lsangiz, Netbeans uchun hisoblagich ishlaydi, facebookni ochishingiz bilan brauzer va facebook uchun taymer ishlashni boshlaydi.
β€” saytlarni hamda dasturlarni oq/qora ro’yhatga qo’shish imkoniyati mavjud. Treker oq va qora ro’yhatga qarab ish unumdorligini belgilaydi. Dasturni birinchi marta ochganizda treker ushbu dastur oq ro’yhatda yoki qora ro’yhatda turishi haqida so’raydi.
β€” Statistika serverga yuboriladi va har kuni kechqurun pochtaga hisobot keladi;
β€” hech qaysi dasturga blok qo’ymaydi, shunchaki aktiv turgan dastur uchun ketayotgan vaqtni hisoblab beradi;
β€” hodimlarni markazlashgan nazorat qilish imkoniyati ham mavjud, ya’ni kompyuteriga Yaware dasturi o’rnatilgan hodimlar kompyuteridan serverga axborot uzatiladi. Yaware dasturida bu pullik xizmat;
Chrome brauzeridan foydalanuvchi web-dasturchilar uchun Time Tracker extension ham mavjud bo’lib, qaysi saytlarga kirishga qancha vaqt ketganini hisoblab boradi.

Chrome extension natijalari bilan bo’lishish niyatim yo’q, lekin Yaware dasturining statistikasi bilan tanishtirishim mumkin. πŸ™‚
2 kun ichida hisoblashlarni olib borgan dastur, kunlik ish vaqtim 50% atrofida ekanini ko’rsatdi. Ushbu natijani o’ta qoniqarsiz deb hisoblamang, bu o’rtacha natija. Agar unumdor ish vaqti 70% dan oshsa, demakki siz to’liq mehnat qilyapsiz deb hisoblash mumkin. Chunki 9 soatdan 1 soatlik tushlik vaqtini chiqarib tashlasa, maksimal unumdorlik 88% ga teng bo’ladi.

Xullas, bor gap shu.
Agar siz ham ish unumdorligi haqida o’ylab ko’rgan bo’lsangiz, demak sizda oylik maoshni halol qilib olish va vijdonan ishlash imkoniyati mavjud πŸ™‚