Bozor

mevalar rastasi

Bugun dam olish kuni bo’lgani uchun bosh oqqan tomonga qarab ketaverganimda, yo’lda yoyma bozor rastalarini uchratdim. Aslida bozor uzoqda emas ekan, men yashayotgan joydan 20 daqiqada piyoda yetib olish mumkin. Bu yerda har xil mevalar, sabzavotlar, baliqlar, shirinlik va tez tayyor bo’ladigan ovqatlar, kiyim-kechak va hatto kundalik kerak bo’ladigan mahsulotlarni topsa bo’ladi.

Mevalar

bananlar
Bir bog’ banan 5 ringgit (tahminan 9500 so’m). Bu bananlar yoki jaydari sort yoki hali ohirigacha pishmagan. Kalta-kalta ekan. Mazasi shirin, biroz nordonligi ham bor. Nok va ba’zi mevalar Avstraliyadan import qilinadi.

 

meva
Yashil mevaning nomini bilolmadim, keyinroq uni Bangkokda yeb ko’rdim. Mazasi pishay deb qolgan nokga o’xshaydi.

 

mevalar
Uzum ham bor. 2-3 xil navli. Menimcha uzum ham chetdan import qilinadi.

 

apelsin

greypfrukt
Malayziya mevalaridan shunisi ko’proq yoqdi – Jeykfruit. O’tkir yoqimli hidga ega. Mazasi Turbo jevachkani eslatib yuboradi.

 

mevalar rastasi
Bizga tanish mevalar

 

kokos
Kokos. Kokos suvini oldin ichib ko’rmagandim. Juda shirin bo’ladi deb o’ylarkanman, shirasi ko’pmas. Yoki omadim kelmadi 🙂

 

mango
Mango. Shirin, suvli meva. Mangoni avvalroq supermarketdan olgandim. 1tasi 3 kunga yetdi. Sarig’i shirinroq. Mahalliy mevadan yoki Pokistondan keltirilganidan olish kerak, Indoneziyaniki uncha shirin chiqmadi.

 

dragon-fruit
Dragonfruit (Ajdarho-meva?). 2 xili bor: Ichi oq va qizil. Oqidan ta’tib ko’rdim, mazasi kiviga yaqin. Nordoni kiviga nisbatan kam. Yaxshi meva.

 

sariq tarvuz
Sariq tarvuz. Mazasi oddiy tarvuzga o’xshash.

Fast-fud

Bu yerda fast-fud ko’chada gamburger/hotdog emas, boshqacha ovqatlar.

makaronka
«Makarons». Guruchdan yoki guruch unidan tayyorlanar ekan

Deyarli barchasi ko’z oldingizda tayyorlanadi. Afsuski tushlik qilib bo’lganim uchun degustatsiyaning imkoni bo’lmadi. 🙂

fast-fud
Baliqdan «fast fud». Hidi badbo’y. Malaylar yaxshi ko’rishadi.

 

pandan pirog
Har xil shirinliklar. Yashil pirog Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Juda yumshoq bo’ladi, yashil rangi pandan nomli o’simlik suvi qo’shilgach chiqadi. 

 

shirinliklar

soklar
Tay yashil choyini Kuala Lumpurda kafeda ichib ko’rdim, qandaydir o’simlik va sutning mazasi bor. Nimaligini tushuna olmadim. Rasmdagi qolgan soklar tushunarli shekilli 🙂

 

sosiska
Shashliklar. Bular endi pishiriladi. Tovuqligi va baliqligi bo’ladi. Ikkisi ham mazali chiqadi. Ularning pishgani 7/11 do’konida ham sotilishi bois, avvalroq ta’tib ko’rgandim. Baliqligi tez me’daga tegadi.

 

sosiska

sosiska

Baliqlar

Eng gavjum joy baliq rastalari oldida edi. Bu tabiiy, Malayziya xalqi baliqni ko’p iste’mol qiladi.

baliq
To’rga tushganlarini olib kelaverishgan. Har xilidan bor.

 

baliq rastasi
Hattoki skat va sakkizoyoq bor 🙂

 

skat

qisqichbaqa
Qisqichbaqalar
qisqichbaqa
Mayda qisqichbaqa (krevetka)

 

baliq

mayda baliqlar
Mayda baliqlar. Barchasining o’z haridori bor. Masalan o’ta mayda baliqlar pishirib, quritilib Malayziyaning milliy taomlaridan biri bo’lgan «nasi lemak»da garnirlardan biri sifatida beriladi.

 

baliq

tovuq
Va albatta tovuq go’shti

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!

Fikr bildirish