Karantin haqida

Karantin haqida

Taylandda hammani yoppasiga uyga tiqishmadi, ya’ni lockdown’ning zarurati bo’lmadi. Savdo markazlari, xizmatlar yopildi, lekin kafe va restoranlarni dostavka uchun ochiq qoldirishdi. Shuningdek kechki 10 dan ertalabki 4 gacha kommendantlik soatini joriy qilishdi. Kasallanganlar soni kuniga 10 dan kam qo’shilmoqda, shu sababli bu haftadan boshlab aholi ishga qaytishni boshladi, ko’chadagi tirbandliklar ham odatdagi holiga qaytdi.

Biz 25-martdan 24-aprelgacha, bir oy uyda o’tirib ishladik. Karantin ta’siri va karantin asosida chiqarilgan xulosalar:

  • men oilam bilan o’zi shundoq ham karantinda ekanmiz. Ofisdagi hamkasblarni hisobga olmasa, Bangkokda birga gaplashib o’tiradigan yaqinlar yo’q. Karantin uncha bilinmadi 😉
  • barcha narsani dostavka qildirsa bo’ladi. Uydan chiqishning hojati yo’q
  • onlayn bog’cha yaxshi ideya emas. Bola bir yarim soat bitta joyda o’tirolmaydi
  • ishga borish-qaytishdagi bir soat vaqtni boshqa foydali ishlarga sarflasa bo’ladi
  • yangi video-proyekt boshladik. Kontentni ko’paytirib olganimizdan so’ng kanal haqida xabar beraman
  • https://hilolnashr.uz/ elektron kitoblarni bepul qilib qo’ygani uchun rahmatli Shayh hazratlarining kitoblarini bittalab o’qib chiqyapman.