Qanday qilib xorijiy IT kompaniyaga ishga kirish mumkin?

Dasturchi qanday qilib xorijiy IT kompaniyaga ishga kirishi mumkin?

Ushbu maqolada chetda dasturchi bo’lib ishga kirish uchun nimalarni o’rganish, nimalar qilish lozimligi haqida ma’lumotlar beriladi.

Istalgan dasturchi ma’lum vaqt mahalliy kompaniyada faoliyat olib borgach, zerikishni boshlaydi. Zerikishga sabab yangi texnologiyalarni ish jarayonida qo’llash imkoni yo’qligi, uning tajribasi oshib ishda o’rganishdan to’xtab qolgani, oylik ko’tarishlarini xohlashi, va hokazo, sababi ko’p. Bu holatda 3 xil yo’l bor:

Biz xorijga ketish variantini ko’rib chiqamiz.

(Frilans haqida maqolalar)

Xorijga ketish uchun birinchi navbatda ingliz tilini o’rganish talab etiladi. Minimum IELTS 5.5 darajasida bilish yetarli bo’lsa kerak, bu boriladigan mamlakatga ham bog’liq.

(Qaysi mamlakatga ishlashga borish mumkin)

Keyingi qadam – Linkedin va Stackoverflow da profillarni to’ldirish. Bunda har bir ishlagan joyingizda nimalar bilan shug’ullanganingiz, qanday texnologiyalarni bilishingiz, ishlagan proyektlaringizni qo’shib chiqishingiz kerak. Shu bilan birga, yangi ish variantini ko’rib chiqishga tayyorligingiz va qaysi davlatga borib ishlashni ma’qul ko’rishingiz haqida ko’rsatib o’tsangiz bo’ladi (Spoyler, AQSHni ko’rsatgandan foyda yo’q). Professional, tajribali dasturchining to’g’ri to’ldirilgan profili rekruiterlarni o’ziga jalb qiladi, ular ochiq vakansiyalar bilan o’zlari sizga chiqishadi.

Ish qidirish uchun ham Linkedin va Stackoverflow. Linkedinda vakansiyalar ko’p, bu uning ustunligi. Stackoverflowda esa «Location Options» filtrida «Visa Sponsor» ni belgilab, faqat viza olish imkoniga ega kompaniyalarni ko’rish imkoniyati bor, bunisi juda qulay. Hodimiga viza rasmiylashtirmaydigan kompaniyalarga rezyume jo’natib ovora bo’lmaysiz.

Rekruiterlar

Rekruiterlar nomzod va ish beruvchini tanishtirib qo’yishdan ko’ra ancha katta hajmdagi ishni bajarishadi:

  • ular nomzodni o’rganib chiqishadi, kuchli va kuchsiz jihatlarini aniqlashadi.
  • telefonda qisqacha suhbat davomida ish pozitsiyasi haqida ma’lumot berishadi, ba’zan o’zlari qisqacha intervyu qilishadi.
  • ishga qabul qilinmagan taqdirda ham, potensial nomzodni bazalada saqlab mos ish chiqqanda taklif qilishadi
  • intervyu uchun maslahatlar berishadi, sizning nomingizdan ish beruvchiga taklif bilan chiqishadi.
  • Qisqasi, rekruiterlar bilan ishlashni o’rganish zarar qilmaydi. Ular ko’p hollarda dasturchi tarafda bo’lishadi.

Intervyuga tayyorlanish kerak!
Ha, 10 yillik staj bilan ham intervyuga tayyorlanmasdan o’tolmaslik mumkin.

Kompaniyalar turiga qarab intervyular ham turlicha bo’ladi.

Startaplar

Ularga sizning qanday algoritmlarni bilishingiz qiziq emas. Sizdan talab qilinadigani startap uchun kerakli bo’lgan dasturlash texnologiyasini bilishingiz, tajribangiz bo’lishi. Shuning uchun ham startaplarning intervyusida asosan biror vazifa uchun kod yozish so’raladi.

Biznesi ishlayotgan kompaniyalar

Ularda hodimlar bilan ishlovchi – HR hodimi yoki jamoasi bo’ladi. Ruschasiga aytganda – «отдель кадров». Ularning dastlabki vazifasi – rekruiterlar kabi: potensial nomzodni topish, kompaniyani tanishtirish, nomzod bilan dastlabki intervyu o’tkazish. HR hodimlari dasturlashni bilishmagani sababli, intervyuning texnik qismini masala berib, nomzodni baholaydigan servislarga ishonishadi. Bunday servislarga misol – https://www.codility.com/ . HR beradigan masalalar oson bo’lib, algoritmlarni bilish talab etilmaydi. Masalani qoniqarli yechganlar texnik injener/bosh dasturchi bilan bo’ladigan ikkinchi intervyuga o’tishadi. HR dastlabki intervyusi bilan, injener uchun intervyuga loyiq nomzodlarni saralab beradi.

Gigant tex korporatsiyalar

Google, Facebook, Amazon, Microsoft, Apple – ularga ishga kirish birmuncha mashaqqat. Ularning HR jamoasi nazariga tushish – birinchi kichik muvaffaqiyat deb qabul qilinadi.

Tex korporatsiyalar intervyulari uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, bir necha bosqichdan iborat.

Telefonda tanishish suhbati va oson masala. Masala oson bo’lgani uchun kod yozish talab etilmaydi, shunchaki qanday qilib yechishni (algoritmini) gapirib berish yetarli bo’ladi.

Masala ishlash. Bu qiyinroq masala bo’lib, ishlashga ko’proq vaqt beriladi. Javobini ham birnecha kundan keyin aytishadi.

Kompaniya ofisida o’tadigan intervyu (Onsite interview). Kompaniya ofisiga kelib-ketishingiz uchun barcha harajatlarni ko’taradi. Samolyotga chipta, mehmonxona, ovqatlanish harajatlari, viza rasmiylashtirish – barchasini tayyorlab beradi. Onsite interview kompaniyalarga qarab turlicha bo’lsada, o’tkazish jarayoni katta farq qilmaydi:

3 tagacha hodimning har biri bilan alohida-alohida, 40 minutdan masala yechish bo’yicha intervyular. Bunda algoritmlar va data structures’ni (ma’lumot strukturalari) bilish muhim. Savollar o’rtacha va qiyin bo’ladi – bu hodimga bog’liq. Masalani whiteboardda yechib tushuntirib berish kerak bo’ladi, keyin oq matn muharririda kod yoziladi. IDEdan foydalanilmaydi.

System design. System design katta platformalarni qanday qilib loyihalash haqida bo’ladi. Savol, masalan «Instagramni qanday qilib loyihalash mumkin», yoki «Youtubeni qanday loyihalash». Bunda nomzodga backend va high scale tizimlarni loyihalashdagi tajribasi asqotadi. Albatta katta tizimlarni loyihalashni hamma ham qilib ko’rmagan, lekin bu intervyuga ham tayyorlanish mumkin. Kerakli materiallar internetda bor.

Behavioral interview. Nomzodning kompaniya madaniyatiga qanchalik mos kelishini aniqlash uchun ba’zi savollar beriladi. Masalan «sizning kamchiligingiz nimada va qanaqa qilib uni tuzata oldingiz», «ish joyida konflikt bo’lganda qanday qilib hal qildingiz», va hokazo. Behavioral interview – katta mavzu, bu haqida nasib qilsa alohida maqola tayyorlayman. Qisqasi, savollarga oldindan tayyorlanib kichik matnlar tuzib olish kerak. Shunda savolga qarab kerakli mavzu haqida gapirib berish oson bo’ladi.

Tushlik vaqti hodim bilan intervyu. Hodim HR menejer ham, dasturchi ham bo’lishi mumkin. Bu intervyudan ham ko’ra, ko’proq choy ustida suhbat tarzida o’tadi.

Intervyu natijasi intervyu olgan hodimlarning anonim tarzda bergan baholari jamlanmasiga ko’ra aniqlanadi. Ishga qabul qilinmagan taqdirda ham, nomzod kompaniyaning bazasiga tushgan bo’ladi, 6 oydan keyin ular yana intervyuga chaqirishlari mumkin.

Intervyuga tayyorlanish uchun qancha vaqt ketadi?

Startaplarga balki bir hafta yetar. O’rta kompaniyalarga 1-3 oy. Gigant korporatsiyalarga 1-3 yil kerak bo’ladi. Hammasi dasturchining bilim va tajribasiga bog’liq.

Keyingi maqolalarda algoritmlar va data structures haqida tushuntirib boraman.

Omon bo’ling!