1998 yil 24 noyabrda Internet tizimida tovar va hizmatlar bozori ishtirokchilari o’rtasida hisob-kitoblarni havfsiz real vaqt oralig’ida amalga oshirish, shuningdek hususiy pul o’tkazmalarini amalaga oshirish imkoniyatini beruvchi WebMoney Tranfer elektron to’lov tizimi o’z faoliyatini boshladi. WebMoney Tranfer – bu elektron hisob tizimi bo’lib, unda barcha foydalanuvchilar universal hisob birliklari bilan ayira boshlashlari mumkin: WebMoney (WM) titul belgilari bilan. WM titul belgilari bilan Internet tizimida tovar va hizmatlar uchun to’lov sifatida qabul qilinishi mumkin, undan tashqari WM titul belgilarini keng tarqalgan WM ayirboshlash shahobchalari orqali bank yoki pochta o’tkazmalariga, boshqa titul belgilariga ayirboshlash mumkin.
O’z kompyuterida WM Keeper mujozlik dasturiy ta’minot tizimini ornatish bilan WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi maqomini oladi. Har bir WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi o’z shahsiy WM-hamyonni ochadi (yoki turli hildagi WM titul belgilari uchun bir necha hamyonlarni), bu hamyondan boshqa bir istalgan hamyonga tovar va hizmatlar uchun to’lov sifatida mablag’larni bir zumda o’tkazishi mumkin, yoki hususiy o’tkazmani amalga oshirishi mumkin. Bunda o’tkazma uchun foiz – o’tkazma miqdoridan 0.8%, biroq mutanosib ravishda 50 dollardan oshmagan holda. Titul belgilarining hisobi, saqlanishi va bir zumda bir foydalanuvchining hisobidan boshqa foydalanuvchi hisobiga o’tkazilishi WM Keeper mujozlik dasturiy ta’minot tizimi tomonidan olib boriladi. WebMoney Tranfer tizimida moliyaviy va huquqiy kafolatni Tizim garant lari ta’minlaydi.
Havfsizlik tadbirlari majmuasi foydalanuvchilarning mablag’laridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi va ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi. Mahfiy habarlar orqali boshqa foydalanuvchilar bilan yopiq muloqot olib borish, shartnoma kismlarini muhokama qilish, to’lovlarni sharhlab borish mumkin. Amalda ko’rsatilganidek, WebMoney Tranfer tizimining himoyalanganlik darajasi boshqa to’lov tizimlarinikidan ko’ra ancha yuqori.
WebMoney Tranfer tizimida foydalanuvchilar o’rtasidagi bahsli holatlarni hal etish uchun Hakamlik hizmati va foydalanuvchining hohsh-istagiga qarab uning shahsini tasdiqlovchi elektron raqamli attestatlar beruvchi WM-attestatlash hizmatlari mavjud.
WebMoney Tranfer quydagi titul belgilari bilan muomala qiladi:
WMY – O’zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UZS ning Y-hamyonlardagi ekvivalenti, WMY operatsiyalarining kafili bo’lib “TILLO GARANT” MChJ O’zbek Kafolat Agentligi hizmat qiladi.
WMR – rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RUR ning R-hamyonlardagi ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo’lib WebMoney Transfer ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ hizmat qiladi.
WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti.
WME –EVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo’lib Amstar Holdings Limited, S.A. hizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAH ning U-hamyonlardagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo’lib “Украинское Гарантийное Агентство” MChJ hizmat qiladi.