TATUda 1-kursda ingliz tili darsida tarjima qilish uchun qandaydir matn berilgandi. Ushbu matnning epigrafi quyidagicha edi:
«Siz ishlatayotgan dasturni to’liq tushunib olganingizda, u ehtimol eskirgan bo’ladi». Va tagida «Merfi qonunlaridan» deb yozib qo’yilgandi. Men Merfi ismli kishini kimligini Internetdan qidirib ko’rmoqchi edim, lekin o’sha vaqtda esdan chiqib ketgan ekan. Yaqinda elektron kitoblarimni (~2,5 GB) titkilab o’tirganimda ichidan o’zi chiqib keldi. Kitobning dastlabki sahifasi tarixga bag’ishlangan ekan:
«Hammasi 1949-yilda, AQSH kapitani, injener, kashfiyotchi Edvard A. Merfining yangi qurilma yaratib uni eksperimental testlashga yuborganda boshlangan. Birinchi natijadayoq faqatgina yangi qurilma emas, butun boshli samolyot halokatga uchragan. Merfi halokat sababini aniqlash uchun o’zi alohida tekshirib ko’rgach, texnik nazoratchi priborni noto’g’ri ulagani ma’lum bo’lgan. O’sha vaqtda Merfi o’zining birinchi qonunini yaratgan. «Agar nimadir qilish uchun 2 usul mavjud bo’lsa, birinchisi falokatga olib boradi, kimdir aniq o’sha usulni tanlaydi».
Bu fenomenni «Merfi qonuni» deb nomlashdi…»
Merfi qonunlaridan axborot texnologiyalariga doir ba’zi parchalar:
- Aksioma. Istalgan dasturda xatolik mavjud.
- Proporsionallik qonuni. Dastur qancha katta bo’lsa, xatoligi shuncha ko’p bo’ladi.
- Xatolik nazariyasi fundamental qonuni. Xatolikdan o’rganish kerak.
- Boshlang’ich dasturchiga. Agar birinchi marta dastur yozganingizda translator bittayam xato topmagan bo’lsa, demak bu haqda tizim administratoriga xabar bering. U translatordagi xatolikni tuzatib beradi.
- Aniq rejalashtirilmagan dastur kutilgandan ko’ra 3 marotaba ko’proq vaqt talab qiladi; batafsil o’ylangan dastur 2 marotaba.
- Xatolik? Bu xatolik emas, bu tizim funksiyasi! Kompyuter «hammamizni ahmoq qiladi».