Malayziyada Islom

Malayziyada islom

Islom dinining Malayziyaga kirib kelishi

Malayziyada aholining 61% dan ortiq qismi islom diniga e’tiqod qiladi. Islomning ushbu davlatga, umuman, janubi-sharqiy osiyoga kirib kelishi o’ziga xos. Ko’pchilik manbalarda yozilishicha islom dini hind-musulmon savdogarlari orqali kirib borgan. Aslida oralarida sahobalar ham bo’lgan arab savdogarlari 7-asr boshidayoq Malay arxipelagi, Hind-Xitoy hamda Xitoyga qadam ranjida qilganlar (Shu jumladan, tirikligidayoq jannat bashorati berilgan mashhur 10 ta sahobalardan biri Sa’d ibn Abu Vaqqos, hazrati Usmon (roziyallohu anhu) davrlarida, Xitoyga islomni yoyish uchun tashrif buyurganlar va o’sha yerda vafot etganlar).

12-asrlarda hind-muslim savdogarlari Malayziya yerlariga tijorat maqsadida tashrif buyurganlar. Musulmonlarning to’g’riso’zligi, savdoda yolg’on ishlatmasligi, ozoda yurishi mahalliy aholida chuqur taassurot qoldirgan va islom dini boshqa o’lkalardan farqli ravishda janubiy-sharqiy osiyoga tinch yo’l bilan kirib kelgan. 15-16 asrlarga kelib esa malay aholining asosiy dini islomga aylanib bo’lgandi.

Malayziyada asosan Ahli Sunna val Jamoaning Imom Shofeiy (rahmatullohu alayhi) mazhabiga amal qilishadi. Shofeiylik mazhabida bizdagi hanafiylik mazhabidan ba’zi kichik farqlar mavjud. Masalan, asr namozi vaqtini belgilash, sajdaga ketish oldidan qo’llarni ko’tarish, zam sura oldidan ovoz chiqarib «Omin» deyish va h.k (Farqlar sababini bilish uchun rahmatli shayh hazratlarining «Ixtiloflar, sabablar, yechimlar» kitobini o’qib ko’rishni tavsiya qilaman). Masjidda ahli sunnaning boshqa mazhablari (hanafiy, molikiy, hanbaliy) ham imomga iqtido qilib namoz o’qiyverishadi. Katta masjidlarda ayollarga orqa qatorda turib namoz o’qishga ruxsat berilgan (bu ham shofeiy mazhabi bilan bog’liq).

Ko’pgina katta savdo markazlarida, ishxonalarda namoz o’qib olish uchun Surau deb atalgan xonalar mavjud.

Malayziyada ikki hayitdan tashqari hijriy yilning birinchi kuni (yangi yil sifatida) va mavlid ham bayram qilinadi.

Milliy masjid

Kuala Lumpurning bosh masjidi hozirgi kunda Masjid Negara hisoblanadi. 1965-yilgacha esa Masjid Jamek bosh masjid hisoblangan. Milliy masjidga musulmon bo’lmagan turistlar uchun ba’zi vaqt oraliqlaridagina (ikki namoz oralig’ida) ruxsat beriladi. Shunda ham namoz o’qiladigan asosiy binoga kirish ta’qiqlangan bo’ladi.

Masjid Negara
Masjid Negara

Musulmon turistlar eshik oldidagi daftarga o’z ism-familiyasi, davlat nomini yozib, qo’l qo’ygan holda, «Assalomu alaykum» deb kirib ketadilar. 🙂 E’tiborli tarafi, oyoq kiyim masjid hovlisiga kirish qismidayoq yechiladi. Ayollarga hijobga o’xshash maxsus kiyim, erkaklar agar shortikda bo’lsa, ularga ham maxsus kiyim beriladi.

Masjid Negara hovlisi
Masjid Negara hovlisi
Masjid Negara ichkarisi
Masjid Negara ichkarisi

Masjid Negara

Masjid Negara

Tahoratxonalarda turib tahorat qilinadi, o’tirish uchun stul qo’yilmagan. Malayziyada harorat 20 gradusdan pastga tushmasligi bois, tahorat uchun issiq suvning hojati ham yo’q. Tushadigan suv o’zi iliq bo’ladi.
Milliy masjidning asosiy binosi katta, chiroyli. Bizdagidan farqli biror narsa uchratmaysiz.
Masjid Negara asosiy binosi
Masjid Negara asosiy binosi

Masjid Negara asosiy binosi

Masjid Negara asosiy binosi

Malayziya Islom madaniyati muzeyi

Masjiddan 200 metr narida islom madaniyati muzeyi joylashgan.

Islom tarixi muzeyi tashqaridan ko'rinishi
Islom tarixi muzeyi tashqaridan ko’rinishi

Muzeyga kirish narxi 14.85 ringgit (~$3.5). Muzey 5 qavatdan iborat bo’lib, 1-qavati (menimcha) administratsiya uchun ajratilgan. Ikkinchi qavatda kafe; kitoblar va har xil suvenirlar do’koni; maydan dekabrgacha bo’lib o’tayotgan rasmlar konkursining sara rasmlari o’rin olgan.

Islom tarixi muzeyi ikkinchi qavati
Ikkinchi qavat
Islom tarixi muzeyi hovlisi
Muzey hovlisi
Muzey do'koni
Qadimgi astronomik asboblar. Kolleksiya uchun yig’ilsa kerak, narxi juda qimmat

Muzey do'koni

Qur'onning Xitoydagi nusxasi
Qur’onning Xitoydagi nusxasi
Xitoydan keltirilgan eksponatlar
Xitoydan keltirilgan eksponatlar
Boburiylar saltanati - mugallar
Afsuslanarlisi, Boburiylar saltanati Mugallar deb ko’rsatilgan. Sababi o’sha vaqtlarda mahalliy aholi bosqinchilarni mugal deb atagani bo’lsa kerak.

Obdasta

Yosh bola uchun taxt
19-asrda Hindistonda 1 yil podshohlik qilgan yosh bola uchun yasalgan taxt ekan 🙂
Sudanda topilgan Qur'on nusxasi
Sudanda topilgan Qur’on nusxasi
Kaaba eshigi ustiga yopilgan mato
Kaaba eshigi ustiga yopilgan mato. Menimcha bu eksponat muzey bezagi bo’lsa kerak.
Bu ko’rinishidan oddiy gilamchaga o’xshayapti. Aslida Qur’on to’liq holda mayda qilib yozib chiqilgan
Bu ko’rinishidan oddiy gilamchaga o’xshayapti. Aslida Qur’on to’liq holda mayda qilib yozib chiqilgan.

Muzeyda bir necha tarixiy obyektlarning maketi qo’yilgan. Ular orasida Bibixonim, Minorai Kalon ham bor 🙂

Masjid maketi

Masjid maketi

Masjid maketi

Masjid maketi

Masjid maketi

Masjid maketi

Masjid maketi

Masjid maketi

So’nggi qavatni islomning yoyilish yo’nalishlari hamda Falastin tarixiga atalgan devorlar boshlab beradi:

Islomning yoyilish yo’nalishlari
Islomning yoyilish yo’nalishlari
Unutilgan tarix va madaniyat. Falastin :'(
Unutilgan tarix va madaniyat. Falastin :'(
Bizning qadimiy kiyimlarimiz
Bizning qadimiy kiyimlarimiz

Qurollar

Sovut

Ko’pgina rasmlarni qo’ymadim, qiziquvchilar internetda “Muzium Kesenian Islam Malaysia” so’rovi bo’yicha maqolalar va rasmlarni topishlari mumkin.