Juma namozini o’qish uchun Kuala Lumpurdagi katta machit – Masjid Jamek ga yo’l tushdi.
Masjid Jamek – malay tilidan tarjima qilinganda bosh machit (yoki jome machit) ma’nosini bildiradi. Jamek Malayziyadagi eng qadimgi machit hisoblanadi, u 1909-yilda foydalanishga topshirilgan (ma’lumot uchun, Kuala Lumpur shahri 1859-yilda). 2017-yil qayta ta’mirdan chiqgach, nomi «Masjid Sulton Abdul Samad»ga o’zgardi (Sulton Abdul Samad 19-asrning ikkinchi yarmida hozirgi Selangor viloyati hududida 41 yil hukmronlik qilgan, Kuala Lumpur shahrining asoschisi hisoblanadi). Machit 1965-yilgacha, Masjid Negara ochilgunga qadar, shaharning bosh machiti hisoblangan. Hozirgi kunda 1000 tagacha odam sig’dira oladi.
Machit mavritan stilida qurilgan bo’lib, qizil-oq ranglarda bo’yoq berilgan. Qizig’i, machit arxitektori – Artur Xabbek, ingliz.
Machit xonaqohi biroz kichikroq, 100ga yaqin odam sig’sa kerak. Xonaqohdan tashqari ochiq ayvonlar qurilgan. Malayziyada sovuq bo’lmasligi bois, ayvonlar gavjum bo’ladi.
Machitda bizdagiga o’xshab, qaysi mazhabda namoz o’qilishi yozib qo’yilmagan. Boshqa machitlar singari, bu yerda ham Shofeiy mazhabida namoz o’qiladi. Ahli Sunna val Jamoaning boshqa mazhablari imomga ergashib namoz o’qiyverishi mumkin. Umuman olganda, qanday namoz o’qishi bilan hech kimning ishi yo’q.
Ko’cha issiq bo’lgani uchun konditsioner ishlayotgan asosiy xonaqohga kirib, domladan 4 qator uzoqlikda o’tirdim. Afsuski, malay tilini bilmasligim bois, ma’ruza mavzusi nima haqida ekanligini bilolmadim.
Boshqa rasmlar: