Bangkokda yangi yil

Uydagi televizorda o’zbek kanallari ko’rsatmasligi bois, har yili yangi yil arafasida orziqib kutadigan «Один дома» kinosini ko’rishning imkoni bo’lmadi. 😀
Shu sababli, zerikib qolmaslik uchun kechki ovqatdan keyin ko’cha aylangani chiqdik. Har kuni ishga borishda va qaytishda, qutilardan katta sun’iy archa yasab qo’yilgani va atrofida ko’pincha bekorchilar yurishini ko’rib, yangi yil bayrami shu yerda nishonlansa kerak deb o’ylagandim. U yerga borganimizda esa, deyarli hech kim yo’q edi 🙂

Chong nonsi BTS bekati yaqinidagi archa
Chong nonsi BTS bekati yaqinidagi archa
Chong nonsi BTS bekati yaqinidagi archa
Sovg’alar kimga atalganini bilolmadim 🙂

Bu yerda biroz rasmga tushgach, internetdan qayerda yangi yilni nishonlashayotganligi haqida qiziqdim. Daryo bo’yidagi Asiatique, markazdagi Central World, va har xil restoranlar orasidan Central World savdo markazi ma’qulga o’xshadi: 3 bekat narida, oldindan joy buyurtma qilish ham shart emas ekan.

Kelgan joyimizda bekatning o’zida odam ko’p edi. Bekatdan chiqish yo’llaridan biri Bangkokdagi katta savdo markazlaridan biri – Siam Paragonga tutashgani uchun dastlab savdo markazini aylanib chiqdik.

Aslida do’kon aylanish menga ko’p ham yoqavermaydi, shuning uchun tezroq tomosha qilib chiqib ketmoqchi edik. Yuqori qavatlarni aylanarkanmiz, avtomobillar salonini uchratdik…

Maserati
Maserati
Maklaren
Maklaren

Ularning rasmiga 2 sekund qarab o’tib ketish mumkindir, lekin ko’z oldingizda turgan avtomobil kamida 2-3 daqiqa sizni ushlab turadi.

Rolls Roys
Rolls Roys
BMW
BMW
Aston martin
Aston martin
Porshe
Porshe
BMW
BMW

Siam Paragon’dan chiqgach, yana odamlar orasiga qo’shilib hamma ketayotgan joyga qarab yurdik. Odam juda ko’p, yo’llar berkitilgan.

Yo’limizda budda ibodatxonasi chiqdi. U yerda baland ovozda nimalarnidir o’qishardi.

Ibodatxona hovlisi

Nima ham deymiz, shu haykalni yasaganlarning fantaziyasiga qoyil qolish kerak. Lekin nima uchun zamonaviy dunyoda odamlar hali ham o’zi haykal yasab o’zi sig’inib o’tirganiga izoh topolmadim.

Bu qanday daraxt bilasizlarmi?

Buni xalq tilida pul daraxti deyishadi. Ruslar o’stirishadi ko’pincha. Lekin aslida bu pul daraxti emas. Mana bu PUL DARAXTI:

Odamlar pulni cho’pga o’rab, daraxt oldiga tiqib ketishyapti 😀

Nihoyat markaziy maydondamiz!

Maydon chiroyli bezatilgan, odam ko’p. Hamma ichkariroqga kirishni xohlaydi.

Bu yerga kelganimizda soat 22:00 edi. Vaqt o’tkazish uchun Central World binosiga kirib chiqdik. 1 soatdan keyin chiqib uyga ketishni mo’ljallagandik. 11dan keyin chiqib 1 bekat naridagi metro stansiyasiga borishga 1 soat vaqt ketdi. Hammayoqda bayram, odamlar ketish haqida o’ylashmas, salyut kutishardi.

Maydondan bir amallab chiqib olib, metro bekatiga chiqqanimizda soat 23:55 edi. Birozdan keyin salyut ham boshlandi va salyutni metro bekatida tomosha qildik 🙂