Singapurdagi Sulton masjidi

Sulton masjidi arab mahallasida joylashgan boʻlib 1824-yilda qurilgan. Hozirgi kunda ham masjid toʻliq faoliyat koʻrsatadi. Shu bilan birga sayyohlarning tomosha maskani ham hisoblanadi.

Masjid xonaqohi baland, ikki chetida balkoni bor. Xonalar katta ventilyatorlar bilan sovutiladi.
Masjid atrofidan halol oshxonalarni topish mumkin, yoʻlingiz tushsa kiyik goʻshtidan tamaddi qilib olishni unutmang!