Upwork connect'larni pullik qilmoqda

Keça frilanser birjasiUpworkdan xat keldi. Unga köra, may oyidan boşlab buyurtmaga taklif beriş (bid) uçun kerak böladigan connect'lar pullik bölar ekan.
Hozir bir oy uçun 60 ta connect tekin. Bitta buyurtmaga 2ta connect kerak böladi, demakki bir oyda 30 ta buyurtmaga tekinga taklif yuboriş imkoni bor.
Xullas, şu tekin joyini pullik qilişyapti. Bitta connect $0.15 böladi, bitta buyurtmaga 6 tagaça connect ketişi mumkin (potensial mijoz ekanligiga qarab). Pullik connectlar natijasida, yangi iş boşlaganlarni va "indus"-dasturçilarni çetga çiqarib, profi va "nahang" frilanserlarni qoldirişmoqçi. Buning qançalik samara berişini bilmadim. Frilanserlar katta ehtimol bilan connectga sarflaydigan mablağini soatbay narxiga qöşib yuboradi. Ohir-oqibat pulni buyurtmaçining özi tölaydi.
Pullik connectlarning yana bir minus tarafi - endi $100 gaça böladigan işlarga taklif taşlaşning qiziği qolmaydi, çunki takliflarga ketadigan mablağ va Upworkning kiçkina buyurtmalardan oladigan 20% li komissiyasi vaqtining qadriga yetadigan frilanserlar uçun katta yöqotiş hisoblanadi.
Upwork öz strategiyasini aniqlab olişi kerak. Frilanserlarning buyurtmaçilar bilan uzoq vaqt hamkorlik qilişini ta'minlaydigan birjaga qarab ketayotgan bölsa, yölning ohirida Toptal bor. Toptal ança işonçli va adekvat platforma. Mayda buyurtmalar uçun freelancer.com töğri keladi. Faqat freelancer.com da buyurtmaçilar orasida qurumsoq va mijğovlari köproq edi.
Upworkda birinçi buyurtmamni 2013-yilda olgan ekanman, u vaqtda platforma Odesk bölgan. Induslar bilan raqobat qilmaslik uçun reyt'ni $20/hr dan pastga tuşirmaganman, köpinça $25/hr da yurardim. Va albatta sifatli iş qiliş ham köp mijozlarning doimiy işlaşga ötişiga olib kelgan. 2017-yilda doimiy ofis işiga ötganim sababli Upworkda işni töxtatdim.
Men işlagan Upwork buyurtmaçilari orasida neadekvat va işlaşga qulaylari orasidagi nisbat 10%/90% edi. Umuman, Upworkdan yaxşi xotiralar va tajriba qolgan. Birjaning pastga qarab ketayotganini kuzatiş - açinarli hol.