Tartiblaş. Shellsort
Shellsort aslida insertion sort'ning özgargan şakli. U dastlab röyhatni (array) birneça kiçik bölaklarini (sublist), söngra ularni alohida holda insertion sort metodida tartiblaydi. Röyhatning bölaklarini (sublist'larini) tartiblaş uçun "increment" deb nomlangan h son hosil qilinadi. Röyhat tartiblanib bölingaç, sönggi bosqiçda insertion sort işlatiladi.
h increment soni talablari:
- u kamaytirib borilganda, ohirgi qiymati 1 bölişi kerak, şunda sönggi bosqiçda insertion sort'ni işlatiş mumkin böladi.
- effektivlik yuqori bölişi uçun imkoni boriça takroriy almaştirişlardan qoçiş imkonini beradigan son bölsin.
h soni uçun köp işlatiladigan formula - h = 3*h + 1 (Knuth formulasi). Bunda qadamlar 1, 4, 13, 40, ... . Şuningdek, eng effektiv qadam - 701, 301, 132, 57, 23, 10, 4, 1. (Ciura). Ammo buni formulaga solişning imkoni yöq.
Yuqoridagilarni öqib tuşunib oliş qiyin, töğri. Misol bilan tuşuntirişga harakat qilaman.
Bizda tartiblanmagan array bor:
[ 12 8 0 4 7 10 4 19 11 21 15 1 6 5 ]
Uni Şellsort'da, incrementlarni Knuth formulasi yordamida topib tartiblaymiz.
Array uzunligi - 14. Uşbu array uçun h ning maksimum qiymatini topamiz:
let h = 1
while (h < arr.length / 3) h = 3*h + 1
h = 13 ga teng böladi.
Demak dastlab, array'ning nolinçi va 13-elementlarini soliştirib, tartiblaymiz.
12 8 0 4 7 10 4 19 11 21 15 1 6 5
12 > 5, ularning örnini almaştiramiz:
5 8 0 4 7 10 4 19 11 21 15 1 6 12
h ni 3 ga bölib, butun qiymatini olamiz (katta tarafga qarab yaxlitlamaymiz, butun qismini olamiz). h = 13 / 3 = 4. Keyingi tartiblaş oraliği h = 4 böladi.
5 8 0 4 7 10 4 19 11 21 15 1 6 12
h = 4 oraliqni 14 ta elementli array'da 3ta siklda tartiblaymiz.
Birinçi siklda:
5 8 0 4 7 10 4 19 11 21 15 1 6 12
4 < 19 - elemetlar joyida qoladi. 19 > 1 - ularning örni almaşadi.
5 8 0 4 7 10 4 1 11 21 15 19 6 12
4 > 1, elementlarning örni almaşadi.
5 8 0 1 7 10 4 4 11 21 15 19 6 12
Ikkinçi siklda:
5 8 0 1 7 10 4 4 11 21 15 19 6 12
5 < 7 - elementlar joyida qoladi. 7 < 11 - elementlar joyida qoladi. 11 > 6 - ularning örni almaşadi:
5 8 0 1 7 10 4 4 6 21 15 19 11 12
7 > 6 - ularning örni almaşadi:
5 8 0 1 6 10 4 4 7 21 15 19 11 12
Uçinçi siklda:
5 8 0 1 6 10 4 4 7 21 15 19 11 12
8 < 10, elemeentlar joyida qoladi. 10 < 21, elementlar joyida qoladi, 21 > 12, elementlar örni almaşadi:
5 8 0 1 6 10 4 4 7 12 15 19 11 21
h = 4 bölgandagi 3ta sikl yakunlandi. Biz h ni yana 3 ga bölib, butun qiymatini olamiz. h = 4 / 3 = 1. Keyingi tartiblaş oraliği h = 1 böladi. Bizda katta qadamlar böyiça tartiblaş yakunlandi, ya'ni insertion sortga yetib keldik. Dastlabki array:
[ 12 8 0 4 7 10 4 19 11 21 15 1 6 5 ]
h-qadamli tartiblangaç:
[ 5 8 0 1 6 10 4 4 7 12 15 19 11 21 ]
ga özgardi.
Insertion sortdan keyin esa töliq tartiblanadi:
[ 0 1 4 4 5 6 7 8 10 11 12 15 19 21 ]
Şellsort'ning insertion sort'dan ustunligi nimada? Nima uçun dastlab h qadamli tartiblaşni amalga oşirdik?
Qadamli tartiblaş bilan biz insertion sort'ga almaştirişlar sonini kamaytirib berdik, şu tariqa biz insertion sortning algoritmining işlaş vaqtini tezlaştirdik. Soliştiriş uçun, insertion sort'da upper bound O(N2) bölsa, şellsort'da Knuth formulasi orqali qadamli tartiblab olib, upper bound'ni O(N3/2) ga tuşirdik. Kiçik array'larda vaqtdagi özgarişni sezişning imkoni yöq, ammo 10 000, 100 000 elementli array'larni tartiblaşda Shellsortning ustunligi körinadi.
Kod:
*Note: Funksiya faqat integer sonlarni töğri tartiblaydi. Harflarni yoki string sonlarni töğri tartiblaş uçun ">" dan boşqa amalni işlatiş kerak. Masalan, ES6 uçun *String.prototype.localeCompare() ni işlatib köring.
Kod Githubda: https://github.com/Webmaxor/leetcode-solutions/blob/master/algorithms/sorts/shellsort.js
Mavzu böyiça savollarni Github'dagi Webmaxor / leetcode-solutions repository'da yozişingiz yoki kodda **Reference in new issue **ni bosib, qoldirişingiz mumkin:
