WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

2D rectangle intersection search

1_PWddHjV1gdhUL-p7eBvYoQ

2D rectangle intersection search deb, berilgan N ta töğri törtburçaklar orasidan ustma-ust tuşganlarini topişga aytiladi.

Mavzu avvalgi mavzularning davomi bölgani uçun, dastlab ular bilan tanişib çiqqan ma'qul:

Ustma-ust tuşgan (kesişgan) töğri törtburçaklarni topişning ikki xil usuli bor:

  • Brute-force algoritm - har bir çiziqdagi kesişmalarni tekşirib çiqadi. Işlaş vaqti - O(N2)
  • Sweep line algoritmi (nuqtalar örniga intervallar işlatiladi)

Sweep line algoritmi (intervallar uçun)

Işlaş tartibi 2D line segment intersection'ga öxşaş, ammo bu yerda biz koordinatalar örniga intervallarni tekşiramiz.

Dastlab biz minimum priority queue'ga barça töğri törtburçaklarning çap va öng nuqtalari x-koordinatalarini yiğamiz.

Şuningdek, Interval search tree'ga gorizontal töğri törtburçaklarning vertikal (past va tepa) nuqtalari y-koordinatalarini interval körinişida yiğamiz.

Algoritmning işlaş tartibi:

  • priority queue'dagi x-koordinatalarni körib çiqişni boşlaymiz (ösiş tartibida)
  • Agar tekşirilayotgan nuqta gorizontal töğri törtburçakning çap x nuqtasi bölsa, töğri törtburçakning vertikal intervalini Interval search tree'ga qöşamiz.
  • Agar tekşirilayotgan nuqta gorizontal töğri törtburçakning öng x nuqtasi bölsa, töğri törtburçakning vertikal intervalini interval search tree'dan öçiramiz.
  • Agar tekşirilayotgan nuqta vertikal töğri törtburçakka tegişli bölsa, demak töğri törtburçaklar kesişgan bölişi mumkin. Vertikal töğri törtburçakning vertikal intervallarini olib, interval search tree'da qidiruvni amalga oşiramiz. Qidiruv gorizontal töğri törtburçaklar kesişgan barça vertikal intervallarni topib beradi.

Sweep-line algoritmi (rectangles). Image credit: algs4.cs.princeton.edu Sweep-line algoritmi (rectangles). Image credit: algs4.cs.princeton.edu

Masala

Quyida berilgan töğri törtburçaklar kesişmalarini toping.
Masalani osonlaştiriş uçun, faqat vertikal va kvadrat töğri törtburçaklarni kesişganligiga tekşiramiz.

Kiriş ma'lumotlari sifatida töğri törtburçaklarning çap yuqori va öng pastki nuqtalari berilgan:

[ [ [2,6], [5,1] ], [ [1,5], [8,2] ], [ [4,10], [13,7] ], [ [6,12], [7,0] ], [ [9,6], [17,3] ], [ [10,5], [14,1] ], [ [10,12],[16,8] ], [ [19,9], [22,5] ], [ [17,11],[18,7] ], [ [15,2], [24,0] ], [ [18,6], [23,3] ], ]

Berilgan rasmdan körinib turibdiki, kesişmalar soni 6 ta. Lekin biz şartimizga köra, faqat vertikal (yoki kvadrat) töğri törtburçaklar kelganda ularning kesişmasini tekşiramiz. Ular 5ta.

Kod

Kod albatta Githubda: https://github.com/Webmaxor/leetcode-solutions/blob/master/algorithms/sweep-line/rectangle-intersection-search.js

Masalani yeçiş davomida Interval search tree API'ga ham ba'zi foydali funksiyalar qöşilgan. Interval search tree API bilan ham tanişib çiqiş zarar qilmaydi.


Mavzu böyiça savollarni Github’dagi Webmaxor / leetcode-solutions repository’da yozişingiz yoki kodda **Reference in new issue **ni bosib, qoldirişingiz mumkin.