Krabiga sayohat. 3-kun. Phi Phi orollariga ekskursiya

Sayohatning uchinchi kunida Phi Phi oroliga ekskursiyaga bordik. Phi Phi oroli Maya Bay plyaji bilan sayyohlarni 18 yildan beri, aniqrog’i, Leonardo Di Kaprio ishtirok etgan «Plyaj» badiiy filmidan keyin qiziqtirib keladi.

Shuningdek, Phi Phi’da Maya Bay’dan kam bo’lmagan boshqa plyajlar ham mavjud.

Phi Phi oroli aholisining 80% musulmonlar, 20% ekspatlar tashkil qiladi (ovqat bo’yicha muammo bo’lmaydi).

Ekskursiya mobaynida Bambuk oroli, Pileh Lagoon qirg’og’i, Viking g’ori va maymunlar plyajiga borish, Phi Phi’da tushlik qilish, orol yaqinida snorkeling bilan shug’ullanish rejalashtirilgan. Baya May’ga esa borilmaydi chunki plyajda yovvoyi tabiatni o’z holiga keltirish uchun shu yili may oyidan Baya May’ga ekskursiyalarni bekor qilingan. Katta ehtimol bilan kelayotgan qishda, sayyohlik mavsumida ham plyaj xizmat ko’rsatmaydi.

Ekskursiyaning narxi bir kishi uchun 1200 bat ($40). Mehmonxonadan olib ketib, qaytarib olib kelib qo’yishadi.

Ekskursiyani Klook mobil dasturidan yoki web-saytdan buyurtma qilish mumkin:
https://www.klook.com/activity/1439-krabi-to-phi-phi-day-tour-by-speedboat-krabi/

Ertalab 8:30 da mehmonxonadan olib ketishadi va Noppharat Pier – pirs yaqinidagi o’rmonchada sayohatchilar yig’iladi (Noppharat Pier haqida ikkinchi kundagi postda batafsil yozilgan).

Bambuk oroli

Dastlab Bambuk oroliga bordik. Orol nomi Bambuk bo’lishiga qaramay, bambuklar yo’q yoki juda kam. Sababi 2004-yilgi sunami vaqtida katta to’lqinlar orolni yuvib ketgan.

Orolda odam ko’p emas, mavsum hali boshlanmagani uchun bo’lsa kerak. Suv tiniq, manzarali baliqlar ko’p. Bambuk orolida 1 soatga yaqin bo’ldik.

Pileh Lagoon

Baya May yopilgach, ekskursiyachilar Pileh Lagoonga olib kelishayotgan ekan. Qaysi plyaj yaxshiroq ekani haqida biror narsa deya olmayman, lekin Lagoon o’zining ko’m-ko’k suvi bilan rom etdi.

Suvni qarang!

Lagoon’da 40 minutcha cho’mildik. Suv qanchalik tiniq bo’lmasin, baliqlar suvosti riflari kam ekan, snorkeling uchun mos joy emas. Bu yerda rohatlanib cho’milish mumkin!

Viking Cave

Viking Cave’da (g’or) kemadan tushmadik, gid ma’lumot berib o’tdi. G’orda sharqiy osiyo uchun tansiq va juda qimmat desert/taom bo’lgan qaldirg’och inini yetishtirishar ekan, aniqrog’i qaldirg’ochlar in qurishi uchun sharoit qilib berib, keyin ularni yig’ib olishar ekan. Qaldirg’och – o’zimizning qaldirg’och emas, dengiz qushi.

Getty Images’dan quyidagi rasmlarni topdim, tushunarliroq bo’lishi uchun:

PHI PHI LE ISLAND, THAILAND – APRIL 3: A climber displays a Swiflet bird’s nest retrieved from inside Viking Cave April 3, 2002 on Phi Phi Le Island, Thailand. The nests fetch high prices on the open market. The Chinese, who use it to make bird’s nest soup, believe it to be good for health and well-being. Phi Phi Le is the smaller of the two Phi Phi Islands, the other being Phi Phi Don, and is uninhabited. (Photo by Paula Bronstein/Getty Images)
KOH PHI PHI, KRABI, THAILAND – 1994/02/01: A bird nest collector climbs bamboo scaffolding in ‘Viking’ Cave. The cave is called Viking Cave because of the drawings of Viking ships on the cave wall. The bird nests made by the saliva of swiftlets or swallows are almost worth their weight in gold – once processed they are used in Chinese herbal medicine and to make birds nest soup or drinks.. (Photo by Peter Charlesworth/LightRocket via Getty Images)

Monkey plyaji

Monkey plyaji manzarasi zo’r bo’lishiga qaramay, kemadan tushirishmadi. Och maymunlar odamlarni talab, qo’liga tushgan narsani olib qochisharkan.

   

Suv to’la baliq edi…

Tushlikka Phi-Phi orolining odamlar yashaydigan qismiga bordik 🙂

Snorkeling

Tushlikdan so’ng orol yaqinida snorkeling – suv tagini tomosha qilish uchun uchun tushdik. Suvosti ajoyib! Bunday ekskursiyalar uchun albatta GoPro kamera bo’lishi kerak.

Quyidagi videoda ekskursiyaning esda qolarli qismlari bor (Google Photos’ga respect!)

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!

Fikr bildirish