Go cashless! Turmush tarzini yengillashtiradigan dasturlar va xizmatlar

Bangkokda turmush tarzini yengillashtiradigan xizmatlar talaygina. Kamina hozirgacha quyidagi xizmatlardan foydalanyapman.

Grab – taksi va mototaksi xizmati. Kartamni dasturga ulab qo’yganman, har safar avtomatik pul yechib oladi. Juda qulay.

Alternativi – Get!, Line Man. Uber janubi-sharqiy Osiyodagi ulushini Grab’ga sotib bozordan chiqib ketgach, Grab monopolga aylangan. Raqobatchilari kuchsiz.


LazadaAliexpressga o’xshagan onlayn do’kon. Oziq-ovqatdan tashqari hamma narsa bor. Offlayn do’konlar ham Lazadaga ulangan, mahsulotlarning narxlari bir xil. Buyurtmalarni 1-4 kunda yetkazib beradi. Alternativlari – Shopee, Powerbuy, JD Central.


Shopee – Lazadaga o’xshash do’kon, interfeysi tushunarsizroq, ba’zi joylari tay tilida. Ba’zi mahsulot narxlari arzonroq bo’lgani uchun, Shopee’dan foydalansa bo’ladi.

Powerbuy va JD Central asosan texnikaga e’tibor qaratadi.


Foodpanda – Bangkokdagi kafe-restoranlardan ovqat va yeguliklar yetkazib beradi. Alternativlari – Grab Delivery, Line Man, Uber Eats. Foodpandaning interfeysi juda qulay, dastur ingliz tilida ham ishlaydi. Unda kafe-restoranlarning menyusigacha bor.


TrueID TV – tayland va xorijiy kanallarni translyatsiya qiladi. Ular ichida premium kanallar, masalan BeIN Sports kanallari ham bor. Nima uchundir translyatsiya tekin. Alternativi – AIS Play. AIS Play shu nomdagi mobil provayderning mobil dasturi. TrueID TV da kanallar ko’proq.


Netflix – Obuna asosida xorijiy kino va seriallarni ko’rsatadi. Alternativi haqida qiziqib ko’rmagan ekanman.

 


Agoda – mehmonxonalar bron qilish dasturi. Raqobatchilari – Booking, Traveloka. Agoda’da nisbatan arzonroqqa joy topish mumkin. Airbnb‘ni ham qo’shish mumkindir.


Klook – attraksionlarni bron qilish xizmati. Yaqinda KKday nomli raqobatchisi ham chiqdi. Eng arzon narxlar Klook’da baribir.

 


12go.asia – uzoq sayohatlar uchun avtobus, marshrutka, poyezd bron qilish. Ajoyib servis! Alternativi yo’q.

 


Mobil banking. Uy va avtomobil ijarasi, telefon, internet, elektr hamda suv uchun mobil bankingdan to’layman. Yana qandaydir xizmat bo’lsa avvalo bank transfer orqali to’lashga harakat qilaman. Masalan ohirgi marta bolamning suzish to’garagi uchun bank transfer orqali to’ladim.


Line Pay. Dastlab kommunal to’lovlar uchun foydalangandim. Hozir BTS (yerusti metro) kartasiga pul tashlash uchun kerak bo’lishi mumkin.


Lalamove. Yetkazib berish xizmati. Ko’proq boshqa uyga ko’chganda kerak bo’ladi.

 


Kerry Express. Yetkazib berish xizmati, ular onlayn do’konlar bilan ham ishlashadi. Alternativi – Lelexpress

 


Makro Click – Makro do’konlar tarmog’idan oziq-ovqat va kundalik mahsulotlar sotib olish mumkin. 1 kunda yetkazib berishadi. Endi ishlatib ko’raman.


7-Eleven member card. Afsuski xorijliklarga kartani olishning imkoni yo’q ekan yoki yaxshilab harakat qilmadim. 7-Eleven‘ga naqd pul ishlatyapman.


Drivehubavtomobil ijaraga olish xizmati. Mahalliy ijarachilarning sayti, faqat tay tilida. Google Translate’ni ishlatib foydalansa bo’ladi. Yana bir variant – Drivehub’ning Line’dagi accounti – @drivehub bilan bog’lanish mumkin, operator ingliz tilida yaxshi yozadi.

 

Hozircha shular. Omon bo’ling!

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!