KL Bird Park – Kuala Lumpurdagi qushlar parki bo’lib, mashhur turistik makonlardan biri hisoblanadi. Bu yerga yiliga 200 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Parkda 200 turdan ortiq 3000 tacha qushlar mavjud bo’lib, ularning 90% mahalliy qushlar va 10% chetdan olib kelingan. Parkning o’ziga xosligi shundaki – aksariyat qushlar uchun qafaslar yo’q, ular bog’da uchib yurishadi yoki yerda odamlar orasida aylanib yurishadi! Bog’ning tepa qismi to’r bilan yopib qo’yilgan xolos.
Bog’ga kirish uchun kattalarga $16 to’lanadi. 3 yoshgacha bolalarga bepul. Hamma yerda bo’lgani singari bu yerda ham Mastercard va Visa kartalari o’tadi.
Bog’ga kiraverishda to’tilar qafasiga ko’zingiz tushadi. Qafas ham kattagina:

Qushlar mehmon quruq kelmasligiga umid qilib, oldingizga kelib olishadi.

O’g’lim Zokirjon uchun hamma qushlar “ququ” hisoblanishi sababli, to’tiqushlarning farqiga borganiga shubha qilaman 🙂

KL Bird Park aslida katta bog’, har xil daraxtlar bor. Kirishda xarita berishdi, lekin xaritasiz ham adashib qolmadik.

Quyidagi qushni ko’p uchratdik. Nomini bilmaymiz, begonalarni o’qrayib kuzatib turardi: 🙂

Qushlar shunchaki oldingizda sayr qilib yurishadi:

Qiziq, yomon hid yo’q (tuyaqushlarni hisobga olmaganda), hammayoq top-toza. KL Bird Park hodimlari qanday qilib buning uddasidan chiqishgan ekan?

Parkda tovuslar ko’p edi.

Nima uchundir oq tovuslar qafasda:

Boyo’g’lilar:

Qushlar papaya mevasini tanavvul qilishmoqda:

Bu qush shunchalik jiddiyki, haqiqiyligini bilish uchun qo’limni dumiga olib bormagunimcha qimirlamadi ham:

Tuyaqushlar:

Ular shunchalik kattaki, ustiga minib sayr qilib kelsa bo’ladi 🙂

Mana biz 😉

To’tiqushlar:

Laylaklar:

Plyaj 😉

O’rdaklar uchun alohida katak qilingan. Ular suzadigan basseynda turli xil baliqlar mavjud:

Maxsus avtomat-budkalarda baliqlar va qushlarni ovqatlantirish uchun 50 sentga oziq-ovqat sotiladi. Shunday qilib park hodimlari ham foyda ko’rishadi, ham jonzotlarning qorni to’yadi. Ajoyib o’ylangan marketing!

Bular bulbul ekan:

Shallaqi to’tiqushlar:

Yomg’ir yog’mayapti, sharshara ostida turibmiz. Mana o’xsha sharshara:

Bu yerda ham baliqlar suzib yuradi. Sun’iy park tabiat bilan uyg’unlashib ketgan:

Qushlar inkubatorlar yordamida ko’paytirilar ekan. Jo’jalar:

Ekskursiya 2 soatga yaqin davom etdi. Park yopilishiga yaqin u yerni tark etdik. Oldinda bizni Aquaria KLCC (Okeanarium) kutib turardi…