Londonni Temza daryosi kesib o’tsa, Bangkokni Chao Phraya daryosi bo’lib yuboradi. Daryoda 5 xil turdagi kema turi faoliyat ko’rsatadi.
- Mahalliy yo’nalish (Bayrog’i yo’q). Har bir bekatda to’xtaydi, dushanbadan jumagacha 6:00 va 18:30 oralig’ida faoliyat ko’rsatadi. Har 20 daqiqada keladi, narxi 10-20 bat.
- Ko’k bayroqli (turistik kema). Bortda ingliz tilida ma’lumot beruvchi gid bo’ladi. Asosan turistik obyektlar bekatlarida to’xtaydi. Narxi – 50 bat. Bir kunlik 140 bat to’lab, kun bo’yi aylanish ham mumkin. Kema 9 dan 19:00 gacha har kuni ishlaydi.
- Olovrang bayroqli. Asosiy bekatlarda to’xtaydi. 6 dan 19:00 gacha faoliyat olib boradi. Narxi 20 bat.
- Sariq bayroqli. Katta ekspress kema. Ikki mahal ishlaydi faqat. Ertalabki 6dan 7gacha, va kechqurungi 16:30 dan 20:00 gacha – dushanbadan jumagacha. Narxi 20-30 bat.
- Yashil bayroqli. Ekspress kema. Ko’p joylarda to’xtamaydi. Bu ham ikki mahal faoliyat ko’rsatadi. Narxi 13-32 bat.
Bundan tashqari uzun dumli kema – taksi sifatida ishlaydi. Shuningdek mehmonxonalarning shattl kemalari ham suzib yuradi. Ular mehmonxonaga boruvchilarni tashiydi.
Eng romantik kema – kruizlar kemalar ichida eng kattasi. Uning ichida restoran va ko’ngilochar attraksionlar mavjud.
Biz sayohat davomida turistik kemaga chiqdik. Shunisi qulayroq ekan, odam kam, bemalol o’tirib atrofni tomosha qilib ketish mumkin.
Kaosan Road bekatida kemadan tushdik, Kaosan Road ko’chasi haqida esa alohida yozaman nasib qilsa…