Yöqotişlar bahosi

Taylanddagi ekspatlar orasida yaqin ikki oy içidagi muhokamalardan biri - amerikalik öqituvçining Koh Çang orolidagi resortlardan birida bölib, yomon baho qöygani uçun, tuhmat qiliş ayblovi bilan sudga berilgani böldi.
https://www.bangkokpost.com/travel/1992079/koh-chang-resort-defends-suit-against-unhappy-expat-guest
Öqituvçi sudgaça tölanişi kerak bölgan badal pulini bermagani sabab, ikki kun qamoqda ham ötirib çiqqan. Tayland qonunlari onlayn tuhmat uçun javobgarlik belgilagan va bu ba'zan boşqa maqsadlar uçun ham işlatib turiladi.
Men bu yerda bir tomonning tarafini olmoqçi emasman, çunki ikki tarafning ham argumentlari asoslanarli. Boşqa jihatga e'tibor qaratiş kerak. Baholar ahamiyatiga.
Kundalik hayotimizda servislardan foydalanib taksi çaqiramiz, ovqat buyurtma qilamiz. Ba'zan ular keçikkanda yoki boşqa bir sabab bilan jahl qilib, yomon baho qöyişni qasd qilamiz. Biz beradigan baho yomon böladimi, yaxşi böladimi - biz uçun katta ahamiyatga ega emasdir. Ikkinçi tomon uçun esa, uning kasbi, biznesi, daromadi, oilasi biz beradigan bahoga boğlanib qolgan böladi.
Frilansda işlagan paytlarim, karyeram Upworkda baholaşning ikkinçi tomonida turganman. Mijozning işini tugatib berib, uning adekvat ekanidan umidvor böliş - yoqimsiz holat. Mijozning beradigan bahosi karyeramga, daromadimga, keyingi proyektni olişimga boğlanib qolgandi.
Bitta yomon baho sabab, mehmonxonalar haqida salbiy tasavvur paydo böladi. Bitta yomon baho sabab, mahsulotning sotuvi tuşib ketadi. Bitta baho sabab biznesning rivojiga zarar yetadi.
Raqobat şunaqa - şafqatsiz. Biz esa raqobatga aralaşa oladigan, fikrini yurgiza oladigan inflyuenser-iste'moçilar bölib yetişyapmiz.
Sizning yomon bahoyingiz sabab, ikkinçi taraf qança yöqotişlarga uçraşi haqida öylab köring. Yurakni kengroq qiling... Heç bölmasa obyektiv bölişga harakat qiling.
P.s. Ekspat-resort işida ekspat uzr söradi, resort suddagi da'vosini qaytarib oldi. Hammasi yaxşilik bilan tugadimi? Yöq, ekspat yomon baho qöygan sayt - Tripadvisor resort'ni "yomon baho uçun sudga beruvçi" yorliğini yopiştirib qöydi: https://www.bangkokpost.com/travel/2018483/hotel-that-put-american-in-jail-gets-new-tripadvisor-label
Baholarning oqibati böladi baribir...