Men ishlaydigan rawpixel kompaniyasi o’tgan yil yozidan boshlab Public Domain’ga chiqqan kitoblardagi rasmlarni raqamli formatga o’tkazib, bepulga o’z platformasiga joylashtirib bormoqda. Ulardan bizga aloqadori (yoki e’tiborlisi) – fransuz rassomi Émile-Alain Séguy (E.A. Séguy) ijodiga tegishli, 1914-yilda nashrdan chiqqan «Samarkande» patternlar to’plami bor. U o’zida sharqona uslubni namoyon etgan.
Kaminaga esa Vincent Van Gogning asarlari yoqadi. Asarlari o’limidan keyin e’tibor qozongan rassomning san’at ishlariga Dubay Mall ichidagi Infinity des Lumieres digital art-galereyasida tomosha qilgandim.
Darvoqe, rasmlarni uyga osish uchun million dollarga sotib olish shartmas, Society6 saytidagi rawpixel shop’dan print qilingan rasmlarni buyurtma qilish mumkin.
Izoh: Public Domain – intellektual himoyalanmagan, savdo belgisi yoki patent qonunlariga ega bo’lmagan kreativ materiallar. Odatda biror ijodkorning ishi u o’lganidan 70 yil o’tib intellektual himoyalanishdan chiqadi. So’ngra unga hech kim egalik da’vosini qilolmaydi.