Aeroport-hoji (davomi)

Til bilish har doim asqotadi. Guruh rahbari ofitserning «hozir hech narsa qilolmayman, kutinglar» degan gapini «hal bo’pqoladi deyapti, kutinglar» dib tarjima qilgan bo’lsa, arabcha so’zlasha oladigan amaki muammoni tushuntirib berdilar.

Aeroport-hoji

Oktyabr oyi o’rtasida, ishxonadan olingan 2 haftalik dam olish kunlarida Toshkentda sandiroqlab yurmasdan, Umra ziyorati va Rosululloh S.A.V.ning qabrlarini ziyorat qilishni niyat qildik.

Chipta sotib olish va O’zbekiston havo yo’llari

Chipta qidirish uchun odatda Skyscanner xizmatidan foydalanaman. Xizmat mashhur chipta sotuvchi saytlarni tekshirib chiqadi va eng arzon variantlarni ko’rsatadi. Albatta Toshkentdan Bangkok, Malayziya yoki Singapur uchun eng arzon chiptalar «O’zbekiston havo yo’llari»da bo’ladi, sababi O’HY yuqoridagi shaharlarga to’g’ridan-to’g’ri reys tashkil etgan va ushbu reyslarda raqobatchilardan holi.