Futbol

Kecha Milan 1:0 hisobida g’alaba qozonib, Italiya A-seriyasida birinchi o’ringa ko’tarilib olipti. 🎉 Mavsum yakunigacha uch oydan ko’p vaqt bor, ammo jamoani birinchi o’rinda ko’rish quvonarli hol. Meni yoshlikdan taniydiganlar qay darajada futbolga qiziqqanimni bilishadi. 10 yoshimdan O’zbekistonda Paxtakor, xalqaro maydonda Milan fanati bo’lganman. O’yinlarni qoldirmasdan ko’rardim. Keyin… Farzandlik bo’ldim. Ota bo’lish hissi qadriyatlarni o’zgartirdi. …

Yo’qolgan futbol jamoasi

Bu Taylandning shimoliy chegarasi yaqinidagi, Don Nang (afsonaga ko’ra nomi «Uxlayotgan ayol») tog’i etagida joylashgan Tam Luang g’ori, aniqrog’i g’or tizmasi. Uning yuzasi bir necha kilometrga cho’zilgan. Ichida qadimgi budda ibodatxonasi ham bor va g’or Taylanddagi juda ko’p turistik maskanlardan biri hisoblanadi.

Tayland-Xitoy o’yini haqida

Ertalab championat.asia saytida yangiliklarni o’qib borayotib, hisoblar ruknida Tayland-Xitoy o’yini haqidagi e’longa ko’zim tushib qoldi. Bangkokdagi xizmat safarim davomida ancha vaqtdan beri shaharda futbol bo’lsa ko’rgani tushaman deb rejalashtirib yurganim sababli, internetdan uchrashuv haqidagi yangiliklarni o’qib chiqdim…

Talabalar

Uxlayotgan talabalar

Haydovchimiz Abror o’zining «Zangiota-Otchopar» yo’nalishi bo’yicha qatnashga mo’ljallangan Damas mashinasida ertalab semiz-ozg’in yo’lovchilarni bozorga olib kelib tashlagach o’qishga keladi va bir kun avval kechasi bo’lib o’tgan choyxona yoki qandaydir munosabat bilan o’tkazilgan yig’ini sababli chala qolgan uyqusini orqa partalardan biriga cho’zilgancha hech kimga xalaqit bermay, ya’ni xurrak otmay davom ettiradi.