WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

10 kunga Toshkentga borib keldim

Samolyot oynasidan
10 kunga uyga borib keldim. Xulosalar:
  • Ota-onam, yaqinlarim, qarindoshlar, do'stlar - ular mening vatanim. Ularni sog'ingan ekanman.
  • Milliy taomlarimiz - eng zo'ri!
  • Ob-havo... Uzr, O'zbekiston "jannatmakon" emas :-P
  • Toshkent ko'chalaridagi "archa-bayram" lampochkalar va noodatiy shakllar - qisqa qilib aytganda, rivojlanishni imitatsiya qilishyapti. Avval yashash uchun qulaylikni oshirishga e'tibor qaratish kerak.
  • Internet - sekin, lekin chidasa bo'ladi.
  • Youtube va Facebookga blok qo'yish - rasvogarchilik! Yana ham achinarlisi, hech kim javobgarlikni bo'yniga olishni, biror ma'lumot berishni istayotgani yo'q. Filtrga VPN manzillarni ham qo'shib borishyapti. Bir kun ishlagan VPN ertasiga ishlamadi.
  • Bizdagi turistik agentliklar Taylandni faqat sohil bo'yida plavkada yugurib yurgan odamlarning rasmi bilan reklama qilishadi. Aslida Taylandning turistik yo'nalishlari, boriladigan joylari juda ko'p.
  • Nima import qilsa bo'ladi? Qattiq hom mango yaxshi yetib borsa kerak. Mango 7-10 kun dimlansa yoki issiqda tursa, yumshab shirin maza kiradi.
  • O'zimizdan nima eksport qilish mumkin? Bilmadim, bargak yoki mayizdir. Yong'oq, yeryong'oq bor, boshqa mevalar ham bor. Bizdagi kabi mevalar Avstraliya va Yangi zelandiyadan import qilinadi.
Qaytishda katta Boing 757-300ER da 30-40 tacha odam uchdik. Uzairways Bangkokga parvozlar sonini oshirgan (Taylandda sayyohlik mavsumi boshlandi), lekin sayohatchilar hali ko'p emas. Turistik viza bilan borayotgan "ishchi" qizlar ko'p.