Kecha frilanser birjasi Upworkdan xat keldi. Unga ko’ra, may oyidan boshlab buyurtmaga taklif berish (bid) uchun kerak bo’ladigan connect’lar pullik bo’lar ekan.
Hozir bir oy uchun 60 ta connect tekin. Bitta buyurtmaga 2ta connect kerak bo’ladi, demakki bir oyda 30 ta buyurtmaga tekinga taklif yuborish imkoni bor.
Xullas, shu tekin joyini pullik qilishyapti. Bitta connect $0.15 bo’ladi, bitta buyurtmaga 6 tagacha connect ketishi mumkin (potensial mijoz ekanligiga qarab). Pullik connectlar natijasida, yangi ish boshlaganlarni va «indus»-dasturchilarni chetga chiqarib, profi va «nahang» frilanserlarni qoldirishmoqchi. Buning qanchalik samara berishini bilmadim. Frilanserlar katta ehtimol bilan connectga sarflaydigan mablag’ini soatbay narxiga qo’shib yuboradi. Ohir-oqibat pulni buyurtmachining o’zi to’laydi.
Pullik connectlarning yana bir minus tarafi – endi $100 gacha bo’ladigan ishlarga taklif tashlashning qizig’i qolmaydi, chunki takliflarga ketadigan mablag’ va Upworkning kichkina buyurtmalardan oladigan 20% li komissiyasi vaqtining qadriga yetadigan frilanserlar uchun katta yo’qotish hisoblanadi.
Upwork o’z strategiyasini aniqlab olishi kerak. Frilanserlarning buyurtmachilar bilan uzoq vaqt hamkorlik qilishini ta’minlaydigan birjaga qarab ketayotgan bo’lsa, yo’lning ohirida Toptal bor. Toptal ancha ishonchli va adekvat platforma. Mayda buyurtmalar uchun freelancer.com to’g’ri keladi. Faqat freelancer.com da buyurtmachilar orasida qurumsoq va mijg’ovlari ko’proq edi.
Upworkda birinchi buyurtmamni 2013-yilda olgan ekanman, u vaqtda platforma Odesk bo’lgan. Induslar bilan raqobat qilmaslik uchun reyt’ni $20/hr dan pastga tushirmaganman, ko’pincha $25/hr da yurardim. Va albatta sifatli ish qilish ham ko’p mijozlarning doimiy ishlashga o’tishiga olib kelgan. 2017-yilda doimiy ofis ishiga o’tganim sababli Upworkda ishni to’xtatdim.
Men ishlagan Upwork buyurtmachilari orasida neadekvat va ishlashga qulaylari orasidagi nisbat 10%/90% edi. Umuman, Upworkdan yaxshi xotiralar va tajriba qolgan. Birjaning pastga qarab ketayotganini kuzatish – achinarli hol.