Saytdagi ohirgi postga 2 yil bo’libdi. O’shanda Leetcode masalalarini ishlash to’xtab qolgan edi, sababi tech-gigant IT korporatsiyalariga ishga kirish xohishi/motivatsiyasi yo’qolgan. Ish joyimda ham deyarli hamma narsa qanoatlantirardi. Covid vaqtida boshlangan masofadan ishlash rejimi u tugagach ham davom etyapti va hozirgacha uydan ishlayapman.
Ikki yil davomida:
Google Photosning eslatishicha, 2022-yil Chiang Mai’ga 4 kunlik safarga bordik. Tog’lar, sharsharalar, quyuq o’rmon – plajli Taylandning aksi. Ajoyib joylar, ayniqsa avtomobil haydab, atrofdagi go’zallikdan bahra olib ketish. Taylandga sayohat qiluvchilar albatta Chiang Mai viloyatiga kelishlari kerak. Batafsil instagram stories’da:
https://www.instagram.com/stories/highlights/17909067653571717
* * *
Shu yilning dekabrida esa Koh Chang oroliga avtomobilda bordik. Bangkokdan 5 soatcha yurib, keyin avtomobil bilan paromga chiqiladi. Parom avtomobillarni Koh Chang oroliga olib borib qo’yadi. Ohirgi marta yulduz to’la osmonni o’sha yerda ko’rdim. Orollar biroz zerikarli, plyaj va hoteldan boshqa qiziqroq joy topish qiyin. 2-3 kunda oroldagi diqqatga sazovor joylarni aylanib chiqish mumkin.
https://www.instagram.com/p/CmWd87erCkl/?img_index=1
* * *
2023-iyunda Toshkentga qaytish oldidan 2 kun Maldivning Dhiffushi oroliga «qo’nib o’tdik». Taylandda faqat ekskursiya boradigan tiniq suvli plyajlar Maldivda mehmonxonadan chiqishdayoq paydo bo’ladi. Orollarga gap bo’lishi mumkin emas, ammo xizmat ko’rsatish, ayniqsa transport qimmat ekan. Maldivning asosiy kema porti va aeroporti – xaos.
https://www.instagram.com/stories/highlights/18025448935526930
* * *
Avgustda Taylandga qaytgach, Noyabr oyida Kanchanaburi viloyatiga avtotur uyushtirdik va Myanma chegarasigacha yetib bordik. Kanchanaburi – Ratchaburi bilan chegaradosh viloyat.
https://www.instagram.com/stories/highlights/18005524289167275
* * *
Dekabrda Bangkokdan Phuketga avtotur qildik. Phuketda 4 kun turib, qaytishda esa to’xtalishlar bilan 884 kilometrni 14 soatda bosib o’tdik. Bu avtotur uchun shaxsiy rekord.
https://www.instagram.com/stories/archive/18216922009259769
* * *
2024-yil aprelda egizak farzandlarim (o’g’il va qiz) tug’ilishdi. Endi men ham Otam kabi 3ta farzandning otasiman! Alhamdulillah.
Shu bilan sayohatlar vaqtincha to’xtagan, hozirda chaqaloqlarga g’amxo’rlik qilish bilan mashg’ulmiz.