Aquaria KLCC
Aquaria KLCC – 250 dan ortiq turdagi, 5000 ga yaqin suv jonzotlarini o’z ichiga olgan ulkan okeanarium bo’lib, 2005-yilda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda Malayziya va boshqa davlatlardan keltirilgan suv hayvonlari bor.
Dasturchi, frilanser, gik va introvert
Aquaria KLCC – 250 dan ortiq turdagi, 5000 ga yaqin suv jonzotlarini o’z ichiga olgan ulkan okeanarium bo’lib, 2005-yilda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda Malayziya va boshqa davlatlardan keltirilgan suv hayvonlari bor.
KL Bird Park – Kuala Lumpurdagi qushlar parki bo’lib, mashhur turistik makonlardan biri hisoblanadi. Bu yerga yiliga 200 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Parkda 200 turdan ortiq 3000 tacha qushlar mavjud bo’lib, ularning 90% mahalliy qushlar va 10% chetdan olib kelingan.
Malayziya ekvatorga yaqin joyda va ikki dengiz oralig’ida joylashgani uchun qishin-yozin deyarli bir xil harorat bo’ladi. O’rtacha harorat kunduzi 32-33 gradus, kechqurun 22-23 gradusgacha tushishi mumkin
Bugun dam olish kuni bo’lgani uchun bosh oqqan tomonga qarab ketaverganimda, yo’lda yoyma bozor rastalarini uchratdim. Aslida bozor uzoqda emas ekan, men yashayotgan joydan 20 daqiqada piyoda yetib olish mumkin.
Malayziyada aholining 61% dan ortiq qismi islom diniga e’tiqod qiladi. Islomning ushbu davlatga, umuman, janubi-sharqiy osiyoga kirib kelishi o’ziga xos. Ko’pchilik manbalarda yozilishicha islom dini hind-musulmon savdogarlari orqali kirib borgan.
WORQ kovorking markazini tanishtirishdan oldin kovorking o’zi nima ekanligi haqida to’xtalib o’taman. Kovorking (co-working) – umumiy holda birnecha soha vakillarining bitta joyda yig’ilib ishlashiga aytiladi, ular yig’iladigan joy esa kovorking ofis deyiladi.
Hukumat tomonidan 90-yillar o’rtalaridan boshlab transport sohasiga kiritilgan investitsiyalar hamda pulni to’g’ri sarflay olish – hozirgi kunda Kuala Lumpurning transport tizimi taraqqiy etgan shaharlardan biri bo’lishiga xizmat qildi.
Haridorlarga xizmatlarni taklif etish davomida yoki ularning qo’ng’iroqlariga javob berganimizda, ular tomonidan beriladigan, ko’p hollarda qaytariladigan, ba’zilari g’alati bo’lgan savollarga javob berishga majbur bo’lamiz. Ammo bizning holatda qisqa yoki qo’pol javobdan ko’ra, batafsil tushuntirish, haridorda ishonch paydo bo’lishiga olib keladi.
Aptekalar hisobini yurituvchi dasturiy ta’minotimiz – APPTECA bo’yicha mijozlar telefon qilishganda, ko’pincha chek printeri va shtrix-kod skaner ham sotuvda borligi, ularni pul o’tqazish yo’li bilan harid qilish imkoniyati haqida qiziqishardi. Ularga yengillik yaratib berish uchun, o’zimiz birnecha printer va skanerlar sotib olib, ularni mijozlarga oylik to’lov asosida ijaraga berishni boshlamoqchi bo’ldik.
To’y. Chiroyli tarzda bezatilgan restoran mehmonlarni kutib olmoqda. Kelin-kuyovning kelishi uchun barchasi muhayyo. Restoran ichi yal-yal yonadi, ayniqsa kelin-kuyov o’tiradigan stol atrofi turli xil gullar bilan bezatilgan. Mehmonlar esa to’yning boshlanishini sabrsizlik bilan kutishmoqda.