Taylandda bank xizmatlaridan foydalanish
Taylandda bank xizmatlari yaxshi rivojlangan va arzon xizmat ko’rsatadi. Kartadan pul yechish borasida ham muammo yo’q, bankomatlar ko’p
Dasturchi, frilanser, gik va introvert
Ushbu sahifada dasturiy faoliyat, frilans, O’zbekistonda outsourcing, Upwork birjasidagi tajriba, buyurtmalar, mijozlar va hamkorlar haqida ma’lumot berib boriladi.
Taylandda bank xizmatlari yaxshi rivojlangan va arzon xizmat ko’rsatadi. Kartadan pul yechish borasida ham muammo yo’q, bankomatlar ko’p
Kecha frilanser birjasi Upworkdan xat keldi. Unga ko’ra, may oyidan boshlab buyurtmaga taklif berish (bid) uchun kerak bo’ladigan connect’lar pullik bo’lar ekan.
Tayland poytaxti Bangkok katta metropolis bo’lib, karyera qilish uchun ajoyib imkoniyat beradi. Poytaxtda katta korporatsiyalardan ham, kichik startaplardan ham ish topsa bo’ladi.
Taylandda qonunni buzmay mehnat qilish uchun yuqori malakali kadr sifatida ishga joylashish kerak bo’ladi. Sababi – oddiy, bilim talab qilmaydigan ishlarni hukumat maxsus ro’yxat qilib, xorijliklar ishlashini taqiqlagan.
Xorijda ishlash fikri 2017-yil noyabrda, Kuala-lumpurdagi bir oylik xizmat safaridan so’ng paydo bo’lgandi. Hozirgi ish joyim Drupal-dasturchilar uchun mo’ljallangan jobs.drupal.org dagi bir necha vakansiyalar orasida bor bo’lgan, aniqrog’i Rawpixel stok-foto provayder kompaniyasi rezyumeni ko’rib chiqib, intervyu belgilagan.
Men uchun oddiy iste’molchilarning sifatsiz internet uchun qanday qilib jarima undira olishi qiziq. Provayderlarning bahonalari bisyor: «modemingizni nastroyka qilish kerak, bizdan signal ketyapti», «telefon tarmog’ingiz nosoz» (aslida bu provayderning muammosi bo’lishi kerak), «ATSda tok ketdi», «butun O’zbekistonda internet ishlamayapti»…
Veb studiya davrida aptekalar hisobini yuritish uchun Appteca loyihasini ishlab chiqqan edik. Keyinroq undan Venda – do’konlar (va aptekalar) uchun universal dastur sifatida ishni davom ettirdik. 1 yilgacha qo’llab-quvvatlash jarayonida ma’lum bo’ldiki, dastur qo’shimcha daromad manbai emas, qo’shimcha beminnat xizmatga aylanib qoldi. 🙂
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida o’tayotgan yarim yildan ortiq xizmat safarlarim davomida, ba’zi davlat xizmatlari bilan tanishib chiqdim. Ulardan xulosa sifatida o’zimizdagi yaxshilanishi qiyin bo’layotgan ba’zi xizmatlarga takliflar berishga ijozat berasiz.
Bilmadim bu xatni studiya yoki didjital-agentlik asoschilari o’qiydimi yo’qmi. Balki dasturlash xizmatlari ko’rsatuvchi studiya ochmoqchi bo’lganlarga foydali bo’lar.
E’tirozga o’xshab ketadigan bu savol o’rinli va deyarli har bir frilanser faoliyati davomida bu savolni o’ziga o’zi berib ko’rgan bo’lsa kerak. Frilanser ishga bormaydi; uyda, kafeda yoki kovorking-ofisda o’tirib ishlaydi. Frilanserning mijozlari ko’pincha chet davlatlaridan bo’lishadi. U nimaga tadbirkor bo’lib ro’yhatdan o’tsin?