Bangkok. 7 oydan so’ng

Xorijda ishlash fikri 2017-yil noyabrda, Kuala-lumpurdagi bir oylik xizmat safaridan so’ng paydo bo’lgandi. Hozirgi ish joyim Drupal-dasturchilar uchun mo’ljallangan jobs.drupal.org dagi bir necha vakansiyalar orasida bor bo’lgan, aniqrog’i Rawpixel stok-foto provayder kompaniyasi rezyumeni ko’rib chiqib, intervyu belgilagan.

Sifatsiz internet uchun jarima (munosabat)

Men uchun oddiy iste’molchilarning sifatsiz internet uchun qanday qilib jarima undira olishi qiziq. Provayderlarning bahonalari bisyor: «modemingizni nastroyka qilish kerak, bizdan signal ketyapti», «telefon tarmog’ingiz nosoz» (aslida bu provayderning muammosi bo’lishi kerak), «ATSda tok ketdi», «butun O’zbekistonda internet ishlamayapti»…

Venda – do’konlar hisobini yurituvchi dastur va Docker haqida

Veb studiya davrida aptekalar hisobini yuritish uchun Appteca loyihasini ishlab chiqqan edik. Keyinroq undan Venda – do’konlar (va aptekalar) uchun universal dastur sifatida ishni davom ettirdik. 1 yilgacha qo’llab-quvvatlash jarayonida ma’lum bo’ldiki, dastur qo’shimcha daromad manbai emas, qo’shimcha beminnat xizmatga aylanib qoldi. 🙂

Davlat xizmatlari ishini optimallashtirish

Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida o’tayotgan yarim yildan ortiq xizmat safarlarim davomida, ba’zi davlat xizmatlari bilan tanishib chiqdim. Ulardan xulosa sifatida o’zimizdagi yaxshilanishi qiyin bo’layotgan ba’zi xizmatlarga takliflar berishga ijozat berasiz.

Qonuniy freelanser – yakka tartibdagi tadbirkor

E’tirozga o’xshab ketadigan bu savol o’rinli va deyarli har bir frilanser faoliyati davomida bu savolni o’ziga o’zi berib ko’rgan bo’lsa kerak. Frilanser ishga bormaydi; uyda, kafeda yoki kovorking-ofisda o’tirib ishlaydi. Frilanserning mijozlari ko’pincha chet davlatlaridan bo’lishadi. U nimaga tadbirkor bo’lib ro’yhatdan o’tsin?

Bugun

Bangkok binolari

Facebookda bangkoklik sayyohlar (ekspatlar) guruhlariga a’zo bo’lganman. Guruhlarda uy ijaraga berish, ro’zg’or mahsulotlari va mebellarni arzon-garovga sotib yuborish haqida e’lonlar berib borishadi. Ba’zan texnikalar ham chiqib qoladi.