Bangkokdagi hayot. Bir haftadan so'ng.

Bangkokdagi birinchi hafta ham o'tdi. Bu vaqt orasida hayotimda quyidagi o'zgarishlar bo'lib o'tdi: Ko'chada pishiriladigan taomlarga ancha o'rganib qoldim. Barbekyuda pishiriladigan baliqning mazasi ajoyib!
Dasturchi, frilanser, gik va introvert

Bangkokdagi birinchi hafta ham o'tdi. Bu vaqt orasida hayotimda quyidagi o'zgarishlar bo'lib o'tdi: Ko'chada pishiriladigan taomlarga ancha o'rganib qoldim. Barbekyuda pishiriladigan baliqning mazasi ajoyib!

Ofisga ketaverishda, 8-10 daqiqalik yo’lda xona gullari sotadigan do’kon bor edi. Toshkentga qaytish oldidan u yerga kirib chiqishga ulgurdim. :-)

Masjid Jamek (MTG Masjid Jamek Kuala Lumpur) - malay tilidan tarjima qilinganda bosh machit (yoki jome machit) ma'nosini bildiradi. Jamek Malayziyadagi eng qadimgi machit hisoblanadi, u 1909-yilda foydalanishga topshirilgan (ma’lumot uchun, Kuala Lumpur shahri 1859-yilda).

Aquaria KLCC - 250 dan ortiq turdagi, 5000 ga yaqin suv jonzotlarini o’z ichiga olgan ulkan okeanarium bo’lib, 2005-yilda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda Malayziya va boshqa davlatlardan keltirilgan suv hayvonlari bor.

KL Bird Park - Kuala Lumpurdagi qushlar parki bo'lib, mashhur turistik makonlardan biri hisoblanadi. Bu yerga yiliga 200 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Parkda 200 turdan ortiq 3000 tacha qushlar mavjud bo'lib, ularning 90% mahalliy qushlar va 10% chetdan olib kelingan.

Malayziya ekvatorga yaqin joyda va ikki dengiz oralig'ida joylashgani uchun qishin-yozin deyarli bir xil harorat bo'ladi. O'rtacha harorat kunduzi 32-33 gradus, kechqurun 22-23 gradusgacha tushishi mumkin

Bugun dam olish kuni bo’lgani uchun bosh oqqan tomonga qarab ketaverganimda, yo’lda yoyma bozor rastalarini uchratdim. Aslida bozor uzoqda emas ekan, men yashayotgan joydan 20 daqiqada piyoda yetib olish mumkin.

Malayziyada aholining 61% dan ortiq qismi islom diniga e'tiqod qiladi. Islomning ushbu davlatga, umuman, janubi-sharqiy osiyoga kirib kelishi o'ziga xos. Ko'pchilik manbalarda yozilishicha islom dini hind-musulmon savdogarlari orqali kirib borgan.

WORQ kovorking markazini tanishtirishdan oldin kovorking o'zi nima ekanligi haqida to'xtalib o'taman. Kovorking (co-working) - umumiy holda birnecha soha vakillarining bitta joyda yig'ilib ishlashiga aytiladi, ular yig'iladigan joy esa kovorking ofis deyiladi.

Hukumat tomonidan 90-yillar o'rtalaridan boshlab transport sohasiga kiritilgan investitsiyalar hamda pulni to'g'ri sarflay olish - hozirgi kunda Kuala Lumpurning transport tizimi taraqqiy etgan shaharlardan biri bo'lishiga xizmat qildi.